A+
A-



» » “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi.

“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi.

2021- yil 7-dekabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi axborot-kutubxona markazi zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Ta’lim muassasasi “Aniq fanlar” yo‘nalishi 1-“D”guruhi “Femida”, 1-“E” guruhi “Adolat” jamoalari beshta shart bo‘yicha bellashishdi. Hakamlar hay’ati qilib, NDPI “Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi V.Ashurov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi “Ayollar qanoti ” rahbari F.Baqoeva, ta’lim muassasasi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Menglieva va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tarix fani o‘qituvchisi J.Husanov tayinlandi. Ular o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid, huquqiy bilimlarini diqqat bilan kuzatib, odilona baholab bordilar. 1-o‘rinni “Femida” jamoasi, 2-o‘rinni “Adolat” jamoasi egalladilar. O‘quvchilarni taqdirlash uchun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi “Ayollar qanoti” rahbari F.Baqoeva so‘zga chiqdi va bellashuvda faol qatnashgan jamoalarni faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi. Tadbirda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faol deputatlari, Navoiy shahar “Umid” mahallasi raisi Sh.Xoliqov va mahalla faollari hamda litseyning 10 nafar o‘qituvchi va 75 nafar o‘quvchilari ishtirok etishdi.
“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi.
“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi.
“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi.
“Konstitutsiya-baxtimiz poydevori” bellashuvi.
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 09.12.2021,   Кўрилган: 120   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.