A+
A-



“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi faoliyati va tarkibi

“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasida 2021-2022 o’quv yilida jami 36 nafar fan o’qituvchilari va 3 nafar laborantlar ish faoliyatini olib bormoqdalar. Shulardan 25 nafari asosiy, 11 nafari o’rindosh o’qituvchilar. Kafedrada 1 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 9 nafar bosh o’qituvchi, 4 nafar yetakchi o’qituvchilar, 9 nafar katta o’qituvchilar hamda 10 nafar oliy ma’lumotli o’qituvchilar dars bermoqdalar. “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasining 3 nafar o’qituvchisi attestasiyaga jalb etildi. 2 nafar o’qituvchimiz bosh o’qituvchi va 1 nafar o’qituvchimiz yetakchi o’qituvchi lavozim toifasini olishdi. Kafedraga tegishli yo’nalishlarda algebra, geometriya, fizika, kimyo, biologiya fanlari chuqurlashtirib o’qitiladi.
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 25.11.2021,   Кўрилган: 5   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.