A+
A-



» » 1-oktabr “O’qituvchi va murabiylar” kuni

1-oktabr “O’qituvchi va murabiylar” kuni

Navoiy shahridagi “Gulshan” majmuasida NKMK tashabbusi bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy davlat konchilik instituti, ushbu oliygoh huzuridagi akademik litsey, kombinat tarkibidagi O‘quv markazlari pedagogik jamoalari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori Q.Sanaqulov tadbir ishtirokchilarini umumxalq bayrami bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng bir guruh taʼlim fidoiylariga “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan ilm-fan vakillariga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. NDKI akademik litseyi ijrochi direktori F.R.Tadjitdinova ham “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi .
1-oktabr “O’qituvchi va murabiylar” kuni
1-oktabr “O’qituvchi va murabiylar” kuni
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 16.11.2021,   Кўрилган: 11   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.