A+
A-



» » QUYOSHLIG‘ ISTASANG, KASBI KAMOL ET!

QUYOSHLIG‘ ISTASANG, KASBI KAMOL ET!

Navoiy davlat konchilik institutiga qarashli Akademik litseyida hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan "Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "NKMK" AJ Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor Xolmamat Raupov ishtirok etdi. Millatimiz faxr-iftixori bo‘lgan ulug‘ bobokalonimizning she’riy va nasriy asarlaridagi yuksak insonparvarlik g‘oyalarini o‘rganish va targ‘ib etish, Alisher Navoiy ordenining ta’sis etilishi, Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi va Alisher Navoiy xalqaro jamoat fondining tashkil etilishi, shoir asarlari asosida ko‘rgazmalar, tanlovlar o‘tkazish, maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash, o‘quv-ma’rifiy filmlar yaratish ishlari yaxshi an’anaga aylanganligi e’tirof etildi.
Litsey o‘quvchilari tomonidan Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
QUYOSHLIG‘ ISTASANG, KASBI KAMOL ET!
QUYOSHLIG‘ ISTASANG, KASBI KAMOL ET!
QUYOSHLIG‘ ISTASANG, KASBI KAMOL ET!
QUYOSHLIG‘ ISTASANG, KASBI KAMOL ET!
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 28.02.2022,   Кўрилган: 147   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.