A+
A-



» » “Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar”

“Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar”

NDKI akademik litseyining Axborot-kutubxona markazi “Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar” mavzusidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida eng so‘nggi nashrdagi kitoblar taqdimoti haqidagi ma’lumotnoma.

NDKI akademik litsey Axborot-kutubxona markazi tomnidan 2022- yil 20-may kuni “Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar” mavzusidagi yangi badiiy kitoblar ko‘rgazmasi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Taqdimotda “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Tadbirni YBIBDO‘ G.M.Mengliyeva ochib berdi va kitob inson kamolotining asosi va tayanchi ekanligini, ulg‘ayayotgan yosh avlod ongi va tafakkurini rivojlantirishda kitobning o‘rni beqiyos ekanligini dunyoda har bir insonga kitobdek sodiq va mehribon do‘st yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ernazarova Insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi kashfiyot – kitob yuzaga keldi va hamma bilim sohasida adabiyotning mavjudlik shakllariga aylandi. Davrlar davomida kitobning shakl-shamoyili, sifati, bezatilishi, tashqi koʻrinishi, ishlab chiqarilishi takomillashib bordi. Antik davrda oʻrama kitoblar shakllangan boʻlsa, keyinchalik eramizning IV asriga kelib, muqovaga ega qoʻlyozma kitoblar paydo boʻldi. XV asrga kelib esa qoʻlyozmalarni qoʻlda koʻchirib yozishdan kitob chop etishga oʻtildi. XX asr oxiriga kelib esa ilgʻor mamlakatlarda elektron shakldagi kitoblar yuzaga keldi. Ammo har qanday shaklda boʻlmasin, kitobning mohiyati oʻzgarmaydi. Qoʻlyozma holida ham, matbaa holida va elektron shaklda ham kitob oʻzining tub mohiyatini, ahamiyatini yoʻqotmaydi, uning oʻrnini boshqa narsa egallay olmaydi. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida eng so‘nggi nashrdagi kitoblar taqdimoti bilan o‘quchilarni tanishtirib o‘tdi va o‘quvchilarga yangi adabiyotlardan foydalanishini tavsiya etdi.
“Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar”
“Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar”
“Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar”
“Inson ruhiyatini shakllantiruvchi, insonparvarlikka undovchi, tafakkurini uyg‘otuvchi badiiy adabiyotlar”
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 24.05.2022,   Кўрилган: 16   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.