A+
A-



» » “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv va bayram tadbiri

“Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv va bayram tadbiri

NDKI akademik litseyi “Aniq fanlar” yo‘nalishi 1-F-21 guruhi hamda “Bahor” MFY bilan hamkorligida “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan
uchrashuv va bayram tadbiri .
Bayram tadbiri raisi: NDKI akademik litseyi
YBIBDO‘ G.M.Menglieva

Kotibi: NDKI akademik litsey: Xorijiy tillar kafedrasi rus tili fani
o‘qituvchisi Yu.X.Qurbonova

Qatnashdilar:
NDKI akademik litsey YoBIBDO‘ G.M.Menglieva
Qatnashdilar: Mehnat faxriylari Isaev Munir Hafizovich va Gabbosova Roza Gataevnalar va NDKI akademik litseyi “Aniq fanlar” yo‘nalishi 1-F-21 guruh o‘quvchilari.




Kun tartibi:
1. Kirish so‘zi.
NDKI akademik litsey YoBIBDO‘ G.M.Mengliyeva
Isaev Munir Hafizovich va Gabbosova Roza Gataevnalar va litseyning
1-F-21 guruh o‘quvchilari
4. Videorolik namoyishi
5. O‘quvchilarning badiiy chiqishlari

Eshitildi: NDKI akademik litsey MMIBDO‘ G.M.Menglieva o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil mart oyidagi farmoyishiga asosan ikkinchi jahon urushiga fashizmga qarshi kurashib halok bo‘lganlarning mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O‘zbekistonning barcha o‘g‘lonlari xotirasini abadiylashtirish muhimligi nazarda tutgan xolda bugun ham ijtimoiy hayotimizning faol qatlami bo‘lib Vatan obro‘ e’tiborini yuksaltirishga yoshlarni ma’naviy axloqiy jixatdan tarbiyalashda hissa qo‘shayotgan barcha keksa kishilarning xurmatini joyiga qo‘yish maqsadida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilindi. Va ushbu kun umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.Har yili bu tadbirni namunali o‘tkazish, urush faxriylari holidan xabardor bo‘lish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish oz bo‘lsa-da ularga hamdard bo‘lish, ularni xotirlash deya o‘z so‘zlarini yakunladi.
So‘zga chiqdi: Navoiy shahar - “Umid” MFY faxriysi Isaev Munir Hafizovich - Biz bugun tinch baxtiyor yashashimiz hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yo‘lda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olishimiz ham qarz, ham farz ekanligini, ularning hotirasini abadiylashtirish uchun butun respublikamizda shu jumladan poytaxtimiz Toshkentda ham bog‘ va xiyobonlar barpo etilganligini,ana shunday ziyoratgoxlardan biri motamsaro ona haykalini eslab, Vatan himoyasi uchun farzandlarini jangga yo‘llagan onalarimiz ramzi bo‘lgan bu haykal urushda qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlarini kutgan kutgan onalarni eslatishini, 2006 yil Navoiy shaxrida I.Karimov tashabbusi bilan “Xotira maydoni” barpo etilganligini yana bir karra eslatib, “Inson xotirasi muqaddas!” deya o‘z fikrlarini tugatdi.
So‘zga chiqdi: “Umid” MFY mehnat faxriysi Gabbosova Roza Gataevna 2-jahon urushi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar berish orqali o‘z chiqishida janggohlardagi, urush orqasidagi og‘ir hayot haqida o‘z boshidan kechirganlarini aytib, bugungi kunlar uchun shukronalik keltiraylik , degan fikrlar bilan yakunladi. Ajdodlarimizning zahmati, shijoati, fidoiyligi bilan yashnab yasharayotgan go‘zal bir vatan ekan, bu vatan, bu el yaxshilarni, yaxshiliklarni yod etib xotirlamoqqa hamisha burchdor. Zotan, bu qadrlashning zamirida ezguliklarga chorlov yashaydi, deya qatag‘on qurboni bo‘lgan bobolarimiz, ularning boshidan kechgan ayanchli taqdir, bugungi kundagi e’tibor- poytaxtimizdagi ana shunday maydonlardan biri “Shahidlar xiyoboni” ekanligini aytib, bu yerda yurtimizning ozodligi uchun kurashgan va bevaqt qatl etilgan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Cho‘lpon kabi bobokalonlarimiz nomi bitilgan ramziy qabr borligini biz yosh avlod ularga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz lozimligin ta’kidlab o‘tdilar.
Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r, raqs, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mehmonlarga guldastalar berilib, ularning urush xotiralari haqida hikoyalari tinglandi.
Yuqoridagilarni hisobga olib tadbir ishtirokchilari quyidagicha

Qaror qiladi:
1. “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy!”mavzusida o‘tkaziladigan uchrashuv tafsilotlarini OAV larida yoritish.
2.Urush faxriylari bilan uchrashuvlar uyushtirish, ularning holidan xabar olish ishlarini tashkillashtirish.




NDKI akademik litsey YBIBDO‘: G.M.Mengliyeva

NDKI akademik litsey
“Xorijiy tillar” kafedrasi rus tili fani o‘qituvchisi: Yu.X.Qurbonova
 “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan   uchrashuv va bayram tadbiri
 “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan   uchrashuv va bayram tadbiri
 “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan   uchrashuv va bayram tadbiri
 “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan   uchrashuv va bayram tadbiri
 “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan   uchrashuv va bayram tadbiri
 “Xotira o‘chmasdir, qadr-abadiy”mavzusida o‘tkazilgan   uchrashuv va bayram tadbiri


Муаллиф:info,  Кушилган сана: 27.05.2022,   Кўрилган: 50   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.