A+
A-



Konferensiya

NDKTU akademik litseyida 2022 йил 11- iyun kuni Massachusetts Texnologiyalar Universiteti hamda Massachusetts Boston Universiteti talabasi , Apple, Philips, Google kompaniyalari sobiq xodimi, Qatar, Germaniya, AQSH va O'zbekistonda hozirgi kunda o'zining IT maktablari faoliyini olib borayotgan akademik litseyimizning sobiq o'quvchisi Fayoz Baxriddinov litseyning 1-bosqich o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazdi. Davra suhbatida Fayoz Baxriddinov o'quvchilarga o'z tanlagan kasbida bugungi muvoffaqiyatlari hamda o'z oldiga qo'ygan maqsadlari sari olg'a intilish sirlarini aytib o'tdi va IT sohasi bo'yicha o'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.Bunday yuksak iqtidor va obro' etiborga erishganligi oldin quyilgan tamal toshining mustahkamligi ustozlardan olingan bilimlar samarasi.Fayozga o'xshagan shogirdlarimizga yuksak parvozlar tilab qolamiz.
Konferensiya
Konferensiya
Konferensiya
Konferensiya
Konferensiya
Konferensiya
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 21.06.2022,   Кўрилган: 10   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.