A+
A-



» » NDKTU akademik litseyiga qabul

NDKTU akademik litseyiga qabul

NDKTU akademik litseyiga qabul boshlandi.
20-iyundan eʼtiboran 2022/2023 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni litsey.edu.uz (http://www.litsey.edu.uz/) portali orqali onlayn qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
-Ariza
-Joriy yilda 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma;
-3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
-oʻqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
NDKTU akademik litseyiga 2022-2023 o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlarga o’quvchilarning hujjatlarini qabul qiladi:
-Aniq fanlar(iqtisod)-o’zbek va rus guruhlari
-Aniq fanlar(texnika)-o’zbek guruhlari
-Tabiiy fanlar(biologiya,kimyo)-o’zbek guruhlari
-Tabiiy fanlar(kimyo,matematika)-o’zbek guruhlari
-Xorijiy tillar yo’nalishi
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishi.
Imtihon 2-bosqichda bo’lib o’tadi:
1-bosqich: yozma;
2-bosqich: test.
Ayni paytda NDKTU qoshidagi akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan.
Abituriyentlar va ularning ota-onalari telefon raqamlar orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin:
– o‘zbek tilidagi murojaatlar uchun: +99879-223-16-64
– rus tilidagi murojaatlar uchun: +99899-757-97-29
Mas’ul shaxs: Mamatqulov Mansur +998936124292

Shuningdek, qabul jarayoniga oid tezkor ma’lumotlar akademik litseyning telegram kanalida (https://t.me/NDKIal) yoritib boriladi.
NDKTU akademik litseyiga qabul
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 23.06.2022,   Кўрилган: 23   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.