A+
A-



» » “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!”

“Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!”

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar akademik litseyida 29 iyun kuni 2021-2022 o‘quv yili yakunlanishiga bag‘ishlangan “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!”deb nomlangan diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti prorektori va akademik litsey direktori N.A.Abduazizov, Navoiy shahar IIB IOOB VEO‘I va XPG katta inspektori A.J.Qurbonov, S. Mavlonov – Navoiy shahar ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi rahbari, H.Ro‘zimurodova-“Ziyokor” MFY raisi, G.Hasanova- “Ziyokor” MFY xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha mutaxassisi, “Ziyokor” MFY nuroniysi nafaqadagi ustoz B.Ernazarovlar hamda ota-onalar bitiruvchilarimizga tantanali ravishda diplomlarni topshirishdi.
Akademik litseyning 2021/2022 o‘quv yilida jami 265 nafar bitiruvchi tugatmoqda. Shundan 79 nafari imtiyozli diplom oldi. Ma’lumot uchun: 172 nafar xorijiy til o‘qiydigan o‘quvchilar xorijiy tillarni bilish to‘g‘risidagi sertifikatga ega o‘quvchilar soni 106 nafarni tashkil etdi.
Shundan:
1-bosqichda o‘qiydigan 88 nafar o‘quvchidan 2 ta milliy sertifikatga ega,
4 nafar xalqaro sertifikatga ega; (7 %)
2-bosqichda o‘qiydigan 84 nafar o‘quvchidan 10 ta milliy sertifikatga ega,
60 nafar xalqaro sertifikatga ega; (84%) tashkil etadi.
Ularni sanab o‘tadigan bo‘lsak, jumladan:
1. Qudratov Abdulaziz 1) “University of south Florida”
2) “Carnegie Mellon University Qatar”
3) “Florida international university”
4) “University of Delaware”

2. Nasriddinova Sevinch 1) “British Menegement university”
2) “TMC” universiteti

3. Nematullaeva Sevinchbonu 1) “British Menegement university”
2) “AKFA” universiteti

4. Xomidov Farrux 1) “British Menegement university”

5. Toxirova Ruxsora 1) “University CaFoscfri Venezia”

6. Farxadova Dinara 1) “Webster” universiteti
2) “TMC” universiteti

7.Xakimov Xasan 1) “AnmeldungStudienkollegLeipsig”

8. Xakimov Xusan 1) “AnmeldungStudienkollegLeipsig”

9.Karimova Indira 1) Qozon federalnыy universiteti,
2) Moskva Sinergiya finansovыy universiteti,
3)IMES instituti,
4)MFTI
5)Seul milliy universitetlarining
menedjment yo‘nalishlariga kirgan.
“Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!”
“Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!”
“Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!”
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 30.06.2022,   Кўрилган: 75   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.