A+
A-



» » Sog'lom ayol kerak hayotga.

Sog'lom ayol kerak hayotga.

#“Sog‘lom ayol kerak hayotga”
2022 yil 24-noyabr kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi Axborot resurs markazi zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat va Navoiy shahar Kengashining Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi hamkorligida Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida “Sog‘lom ayol kerak hayotga” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda XDP Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Z.M.Tog‘aeva, “Guliston”MFY XDP boshlang‘ich tashkilot rahbari O.Ibragimova, Navoiy shahar madaniyat bo‘limi “Durdona” folklor ansambli jamoasi, akademik litsey yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Menglieva hamda litseyning 85 nafar o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida partiyaga yangi qabul bo'lib, safdoshlari kengaydi , partiyaning faollari faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Akademik litsey YIDO': G.M.Mengliyeva.
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 25.11.2022,   Кўрилган: 67   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.