A+
A-



» » NDKTU akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat”‘ mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv

NDKTU akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat”‘ mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv

NDKTU akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat”‘ mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv haqida ma’lumot


NDKTU akademik litseyida 2022-yil 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi oily va orta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18-noyabrdagi 2/18-1/3-74-son xatiga asosan, o‘quvchi-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat”‘ mavzusida uchrashuvlar o‘tkazish grafigiga asosan o‘qituvchi-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Navoiy shahar hokimligi sho‘ba mudiri Xayitov Shuhrat, Navoiy shahar hokimligi yetakchi mutaxassisi Xo‘jamurodov Rahmonberdi, Navoiy shahar ma’naviyat va ma’rifat bolimi bosh mutaxassisi Uroqova Nazira hamda litseyning o‘quvchi va o‘qituvchilari, jami 165 nafar kishi ishtirok etishdi. Soha xodimlari tomonidan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirishdi.
“Jaholatga botgan manqurtlar” nomli videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, tadbir davomida mehmonlarimiz tomonidan talaba-yoshlarimizga ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashda, mustaqil O‘zbekistonimizda tinchlik va barqarorlikni hukm surishiga hamda buzg‘unchi yot g‘oyalarga qarshi turishda o‘zlaring kerakli maʼlumotlar hamda tavsiyalar berildi.

NDKTU akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat”‘ mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv
NDKTU akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat”‘ mavzusida o‘tkazilgan uchrashuv
Akademik litsey yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.M.Mengliyeva
Муаллиф:info,  Кушилган сана: 06.12.2022,   Кўрилган: 46   Чоп этиш
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.