14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni”ga bag’ishlab voleybol bo’yicha sport musobaqasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099 farmoni 2020 yilning 30-oktyabrdagi sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirini bajarish hamda ikkinchi tashabbus yoshlarning jismoniy chiniqish, ularning sport sohasida qobilyatini namoish qilishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratishga yo‘naltirish maqsadida 2023 yil 7-yanvar kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni”ga bag’ishlab “Ommaviy sport-uzoq umr garovidir” shiori ostida o’qituvchi va hodimlar o’rtasida voleybol sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga o‘qituvchi va xodimlar to‘liq jalb etilib, ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Jamoalar o‘rtasida qiziqarli bellashuvlar natijasida voleybol sport musobaqasida umumjamoada faxrli 3-o‘rinni Xorijiy tillar kafedrasi, 2-o‘rinni Rahbaryat terma jamoasi va 1-o‘rinni Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi egalladi. G’olib chiqqan va sovrindor jamoalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.








